A
x A A A

«KAFOLAT sug’urta kompaniyasi» AJ da seminarlar: sug‘urta xizmatlarini rivojlantirishning garovi sifatida

16.09.2016

«KAFOLAT sug’urta kompaniyasi» AJ da sug‘urta mukofotlari tushumini belgilangan reja prognozlari darajasida bajarish, kompaniyaning O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, sug‘urta xizmatlari turlarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish texnologiyalaridan keng foydalanish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish, xodimlar va sug‘urta agentlarining sug‘urta turlarini amalga oshirish texnikasi borasida malakasini oshirish va nazorat qilish ishlarini hamda filiallar faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida kompaniyaning barcha hududlarida joylashgan filiallarida seminar – treninglar tashkil etilmoqda.

Итоги Страхового Рынка Украины

16.09.2016

Объем страховых премий в 1 полугодии 2016 года вырос до 12,3 млрд. грн.: населению было предоставлено страховых услуг на 6,058 млрд. грн. (+34,4%), юридическим лицам – 6,243 млрд. грн. (-4,4%).

Украинский рынок зеленой карты за 7 месяцев вырос на 21,2%, количество договоров сократилось на 4,4%

16.09.2016

МТСБУ обнародовало основные показатели украинского рынка страхования «Зеленая карта» за январь-июль 2016 года.

РСА: страховщики в августе нарастили продажи ОСАГО в проблемных регионах

08.09.2016

Рост продаж ОСАГО в августе в Краснодарском крае составил 14%, в Ивановской области ‒ 15%, в Волгоградской области ‒ 10%, в Ростовской области ‒ 13%, в Мурманской области ‒ 8%, в Челябинской области ‒ 3%.

«O'zbekinvest» kompaniyasining Toshkent viloyati filiali ko'chma savdo shahobchalarini tashkil etmoqda

08.09.2016

«O'zbekinvest» kompaniyasining Toshkent viloyati filiali ko'chma savdo shahobchalarini tashkil etmoqda. Viloyatning tuman va shaharlaridagi aholi turar joylari, bozorlar atrofi va aholi gavjum joylarda haftaning dam olish kunlari tashkil etilyotgan ushbu ko'chma savdo shahobchalarida fuqarolar sog'lig'i, ularning mol-mulki sug'urtasi, tadbirkorlik faoliyati sug'urtasi, transport vositalari egalari va ish beruvchilarning fuqarolik javobgarligi majburiy sug'urtasi haqida ma'lumotlar berish bilan birga iste'molchilarga ko'plab sug'urta mahsulotlari taklif etilmoqda.

Ishonch telefoni

(+99871) 239-42-72

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2016 yildan 01.07.2016 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi

Savollar va javoblar

Yo‘l transport hodisasini va sug‘urta tovonini olish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga vaqtim yo‘q, kimga murojaat qilsam bo‘ladi?

Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) topshirig‘i bo‘yicha sug‘urta hodisasi oqibatida vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Adjaster sug‘urta hodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu taxlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi. Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.

Kompensatsiya to‘lovini olish uchun To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga faqat to‘g‘ridan to‘g‘ri  murojaat qilish kerakmi?

YTH sodir bo‘lganda iltimosnoma bilan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri, adjaster bilan shartnoma tuzgan holda, pochta xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar yoki jamag‘armaning veb saytida (tkj.uz) elektron iltimosnomani to‘ldirish orqali qonun hujjatlariga muvofiq jabrlanuvchi yoki uning merosxo‘rlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari tegishli  hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
 
To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi tomonidan iltimosnoma murojaat etgan kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqib qaror qabul qilinadi hamda o‘z navbatida jabrlanuvchiga belgilangan tartibda yozma ravishda xabar beriladi.

Sug‘urta mukofotlari bo‘yicha qancha miqdorda siylov beriladi?

Sug‘urta mukofotini olish huquqiga ega sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti to‘lashda sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi.

Yo‘l-transport hodisasi tufayli mashinamga 10 mln. so‘m zarar etdi. Aybdor shaxsning sug‘urta polisiga ko‘ra sug‘urta puli etmadi hamda zarar to‘liq qoplanmadi. Zarar to‘liq qoplanishi uchun nima qilish zarur?

Transport vositasi egasi yo‘l transport hodisasida jabrlangan yoki aybdor shaxs bo‘lishiga qarab o‘z mulkiy manfaatlarini bir necha turdagi sug‘urta polisi bilan himoya qilish mumkin:
1. Yo‘l transport hodisasida jabrlangan shaxs sifatida:
- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi o‘zining xayoti, sog‘lig‘i va/yoki mol mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash (baxtsiz xodisadan tibbiy sug‘urtalash, mol-mulkiga etkazilgan zararni baxtsiz xodisadan sug‘urtalash).
 
2. Yo‘l transport hodisasida aybdor shaxs sifatida:
- Ixtiyoriy sug‘urta sharnomasi (Avtofuqarolik javobgarligini sug‘urtalash, boshqa shaxsning xayoti, sog‘lig‘iga va/yoki mol-mulkiga etkazilgan zararni sug‘urtalash).
- Majburiy sug‘urta shartnomasi. (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish).

Men, Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish polisini sotib olib:

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urtasi polisini sotib olish bilan Siz transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchilarning hayoti, salomatligiga va mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash bo`yicha o`z fuqarolik javobgarligizni sug`urtalaysiz.

Transport vositasi egasi sifatida javobgarligim majburiy sug‘urta qilingan summa 3000 AQSH doll., men etkazgan zarar miqdoridan ancha kam, qolgan mening zararimni ham sug‘urta orqali qoplashim mumkin edimi?

O‘z mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida transport vositasi egasi bir necha javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish polisini va/yoki fuqarolik javobgarlikni ixtiyoriy sug‘urta qilish polisini sotib olish mumkin. Yo‘l transport hodisasida etkazilgan zarar miqdoridan kelib chiqib sug‘urta tovoni bitta, bir nechta yoki barcha sug‘urta polislar bo‘yicha to‘lanishi mumkin. Bunda to‘lov avval majburiy sug‘urta bo‘yicha va keyin ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Sug‘urtalovchi qaysi holatlarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega bo‘ladi?
 

Sug‘urtalovchi zarar etkazgan shaxsga (sug‘urta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxsga) o‘zi to‘lagan sug‘urta to‘lovi miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:
  • mazkur shaxsning qasdi oqibatida jabrlanuvchining hayoti, sog‘lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar etkazilgan bo‘lsa;
  • zarar transport vositasi mazkur shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa moddalar ta’siri ostida boshqarilayotganda etkazilgan bo‘lsa;
  • mazkur shaxs o‘zi foydalanayotganda zarar etkazgan, transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan bo‘lsa;
  • mazkur shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydan yashiringan bo‘lsa;
  • mazkur shaxs transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxs sifatida majburiy sug‘urta shartnomasiga kiritilmagan bo‘lsa (transport vositasidan faqat majburiy sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan haydovchilar foydalanishi sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda);
  • sug‘urta hodisasi mazkur shaxs transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilmagan aniq davrda foydalanayotganda sodir bo‘lgan bo‘lsa (transport vositasidan majburiy sug‘urta shartnomasida nazarda tutilgan davrda foydalanish sharti bilan majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilganda). Bunda sug‘urtalovchi mazkur shaxsdan sug‘urta hodisasini ko‘rib chiqishda qilingan xarajatlarni qoplashni ham talab qilishga haqlidir.

Sug‘urta hodisasining to‘g’ridan-to‘g‘ri hal etish deganda nimani tushunasiz?

Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etishda sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) bo‘lgan jabrlanuvchi o‘zi bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urtalovchiga hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga etkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.
Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urtalovchisi jabrlanuvchining sug‘urtalovchisiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.

To`lovlarni kafolatlash jamg`armasining funksiyalari haqida bilasizmi?
 

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish bo`yicha to`lovlarni kafolatlash jamg`armasi to`g`risida Nizomga ko`ra  (24.06.2008 yilda № 141 O`z.Res VMQ tasdiqlangan)
 
Jamg`arma qo`yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  • belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to`lovlari to`laydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;
  • sug`urtalovchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ko`rsatib o`tilgan siylovlarni olish huquqiga ega bo`lgan shaxslar toifalariga berilgan sug`urta mukofotlari bo`yicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;
  • Jamg`armaning o`z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur bo`lgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;
  • sug`urtalovchilar bilan majburiy sug`urta qilish, qonun hujjatlarida belgilangan sug`urta siri to`g`risidagi talablar ta`minlanishi to`g`risidagi ma`lumotlarni ayirboshlaydi;
  • Jamg`arma mablag`lari tushumi va sarfi bo`yicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi;
  • transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`urta qilish to`g`risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga ko`rib chiqishi uchun kiritadi;
  • majburiy sug`urta qilish sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani o`rganadi va undan foydalanadi.
  • Jamg`arma o`z vazifalari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

Qaysi shaxslar sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar olish huquqiga ega?
 

  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
  • 1941-1945 yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
  • konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
  • harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
  • xizmatni Afg‘oniston Respublikasida va jangovor harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar;
  • Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
  • pensionerlar;
  • nogironlar.

Sug‘urta polisim bo‘yicha avtomashinamni faqat dadam va men boshqarish xuquqiga egamiz, lekin do‘stimni sug‘urta polisi bo‘yicha avtomashinasini istalgan haydovchi haydamoqda. U qoidani buzmayaptimi?

Yo‘q, buzmayapti. Buning uchun majburiy sug‘urta shartnomasini tuzayotganda transport vositalarini boshqarishga qo‘yilgan shaxslar soni cheklanmasligi shartini tanlash lozim. Bunda sug‘urta polisida transport vositasidan uni boshqarishga qo‘yilgan haydovchilar ko‘rsatilmaydi.

Men YTH da aybdor bo‘ldim va sug‘urta polisim bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lab berishdi. YAna YTH sodir bo‘lsa mazkur polis bo‘yicha yana sug‘urta tovoni to‘lab berishadimi yoki yangi sug‘urta polisini sotib olishim kerakmi?

Agar majburiy sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda sug‘urtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) sug‘urta tovoni to‘lasa, u holda sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchidan sug‘urta tovoni to‘langanligi to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran ikki hafta muddatda to‘langan sug‘urta tovoni summasiga va majburiy sug‘urta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qo‘shimcha sug‘urta mukofotini to‘lashi lozim.

Sug`urta qoplamasini to`lashni asossiz rad qilinishi sug`urta kompaniyasi uchun qanday oqibatlarga olib kelishini bilasizmi?

O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 22.07.2013 yilda ro`yxatga olingan (qayd   raqami № 1842-2) O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O`zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo`mitasining qaroriga asosan sug`urta faoliyati to`g`risidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun sug`urtalovchilarga jarima sanksiyalarini qo`llash tartibi to`g`risidagi nizomga qo`shimchalar kiritildi.
Qarorga ko`ra Nizom Ichki nazorat qoidalari talablarini buzganligi uchun, Moliya vazirligining ko`rsatmalarini bajarmaganligi uchun, sug`urta tovonini (sug`urta pulini) to`lashni asossiz rad etganligi uchun sug`urtalovchilarga qo`llaniladigan jarima sanksiyalari qo`llash bo`yicha normalarni o`z  ichiga olgan VII1, VII2 и VII3 boblari bilan to`ldirildi.
Agar Sug`urtalovchi sug`urta tovonini (sug`urta pulini) to`lashni asossiz rad etgan taqdirda, sug`urtalovchiga har bir asossiz rad etish uchun sug`urta faoliyati to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq sug`urtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,09 foiz miqdorida jarima solinadi. Bunda sug`urtalovchining rad etishi asossiz deb, sug`urta qildiruvchining (naf oluvchining) arizasiga muvofiq sud tomonidan e`tirof etiladi.

 

Yo‘l transport hodisasida jabrlangan shaxsman, aybdorni javobgarligini sug‘urtalagan kompaniyaga murojaat qilishga majburmanmi, qaysi kompaniya ekanligini bilmayman-ku?
 

 
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish imkoniyatini ham nazarda tutadi. Bunda, Siz jabrlanuvchi shaxs sifatida nafaqat aybdorni javobgarligini sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasiga, balki o‘zingiz bilan majburiy sug‘urta shartnomasini tuzgan sug‘urta kompaniyaga sog‘lig‘ingiz yoki mol-mulkingizga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash yuzasidan yozma shaklda murojaat qilishingiz mumkin. Sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish qo‘llanilganda aybdor tarafning sug‘urta kompaniyasi jabrlanuvchining sug‘urta kompaniyasiga jabrlanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qoplaydi.
 
Agar aybdorni kompaniyasiga murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz, aybdor javobgarligini sug‘urtalagan sug‘urta kompaniyasi to‘g‘risidagi ma’lumotni To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga murojaat qilib olishingiz mumkin.

Hammasini ko'rish
//